Daryo

Karmanada Cobalt urib yuborishi oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi

YTHga yo‘lning tungi chiroqlar bilan yoritilmagani sabab qilib ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish27 368 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Videodan skrinshot

Navoiy viloyati Karmana tumanida Cobalt va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda IIV.

Kadr: Videodan skrinshot

Ma’lum qilinishicha, 15-fevral, dushanba kuni soat 21:30 larda tuman IIB YHXB navbatchilik qismiga Karmana hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lida velosipedchi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, Cobalt rusumli avtomobil Buxoro—Navoiy yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda velosiped mashinaning qarama-qarshi tomonidan chiqishi oqibatida YTH sodir etiladi. Oqibatda velosiped haydovchisi voqea joyida vafot etadi.

Kadr: Videodan skrinshot

Mazkur ish yuzasidan hozirda Karmana tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur YTH kelib chiqishi sabablari o‘rganilganda M-37 yo‘lining 173—174-kilometri aholi yashash joyidan o‘tgan bo‘lishiga qaramay tungi yoritish chiroqlari bilan yoritilmagani, shuningdek, velosiped yorug‘lik qaytaruvchi jihozlar bilan jihozlanmaganligi aniqlangan.

Bundan avval O‘zbekistonda 2020-yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida jami 1962 kishi halok bo‘lgani, Qashqadaryoda Lacetti 50 metr pastlikka qulashi oqibatida uch nafar fuqaro voqea joyida vafot etgani hamda Qashqadaryoda “uchastkovoy” boshqaruvidagi Nexia piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 7 yoshli maktab o‘quvchisini urib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar