Daryo

Sayyoralararo sayohat. O‘zingizni Marsda yurgandek his qilishingiz mumkin bo‘lgan 6 joy

Ba’zan o‘zga sayyorada bo‘lib qolish uchun boshqa qit’aga chipta sotib olishning o‘zi kifoya qiladi

2 daqiqa o‘qish48 807 ko‘rishlar0 izoh0

Bir necha yillar davomida olimlar Marsda hayot bor yoki yo‘qligini aniqlashga harakat qilmoqda. 2021-yil 19-fevralga o‘tar kechasi insoniyat aynan shu maqsadga bir qadam yaqinlashdi: NASA’ning Perseverance marsoxodi Qizil sayyora yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Marsga sayohat qilish hali ham orzu bo‘lib qolmoqda, ammo sayyoraning ajoyib tasvirlari Yerda ham shunga o‘xshash landshaftlar borligini yodga soladi. Ba’zan o‘zga sayyorada bo‘lib qolish uchun boshqa qit’aga chipta sotib olishning o‘zi kifoya qiladi.

Vadi-Ram, Iordaniya

Foto: “Booking.com”

Vodi-Ram (Oy vodiysi deb ham ataladi) cho‘lini “Yerdagi Mars” deyish uchun hamma narsa bor. Qizil qumtoshlardan tortib tarixiy kraterlargacha mavjud bo‘lgan bu ajoyib joyda o‘zingizni Qizil sayyoraga kelib qolganday his qilasiz, eng muhimi esa sizga hech qanday harorat o‘zgarishi yoki kosmik nurlanish zarar yetkazmaydi.

Foto: “Booking.com”
Foto: “Booking.com”

San Pedro de Atakama, Chili

Foto: “Booking.com”

Agar siz uchun Marsning noodatiy manzarasi eng muhim xususiyat bo‘lsa, unda Chilining San Pedro de Atakama qishlog‘ini sayohatlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ying. Tuzli tekisliklar, vulqonlar, geyzerlar va issiq buloqlar — mahalliy landshaft Qizil sayyora manzarasi bilan bemalol raqobatlasha oladi.

Foto: “Booking.com”

Moab, AQSh

Foto: “Booking.com”

Marsga o‘xshash joylar ro‘yxati Amerika Moabisiz to‘liq bo‘lmaydi. Yuta shtatining sharqida joylashgan shahar, Arches milliy bog‘idagi qizil tosh shakllarini va Kanyonlendlarni o‘rganish uchun ideal maskandir. Bu yerdan topilgan dinozavrlar izlari hududni yanada sirli ko‘rsatadi.

Foto: “Booking.com”
Foto: “Booking.com”

Karijini, Avstraliya

Foto: “Booking.com”

Marsga sayohat qilishni orzu qilsangiz, o‘z sayyoramiz haqida ko‘proq ma’lumot bilishingiz lozim. Bu borada ikki milliard yillik Karijini milliy bog‘i sizga ma’qul keladi. Qadimgi daralar va dunyodagi eng qadimgi qizil toshlar orasida o‘zingizni makon va zamon oralig‘iga tushib qolgandek his etasiz.

Foto: “Booking.com”

Mivatn ko‘li, Islandiya

Foto: “Booking.com”

Muzlar va olov mamlakati — Islandiya o‘zining g‘ayrioddiy tabiati bilan mashhur. Ushbu ajoyib orolning shimolida joylashgan Mivatn ko‘li va uning atrofi qachonlardir qotib qolgan lava oqimi bilan qoplangani sababli Marsdagi landshaftlarni eslatadi.

Foto: “Booking.com”
Foto: “Booking.com”

Sesriyem, Namibiya

Foto: “Booking.com”

Hayot alomatlari deyarli yo‘q cho‘lda joylashgan kichik aholi punkti Marsga juda o‘xshaydi. Bu yer Qizil sayyoradagi hayotga moslashish uchun eng zo‘r joy! Ushbu ajoyib hududni tomosha qilishning eng yaxshi usuli — sayyohlik marshrutidan foydalangan holda havo sharlarida sayr qilishdir.

Foto: “Booking.com”
Foto: “Booking.com”
Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar