Daryo

Samarqandda ijarachi yigit o‘zi yashab kelgan xonadon egasining mashinasini olib qochib, YTHga uchradi (video)

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish53 004 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Samarqandda 21 yoshli yigit ijarada yashab kelgan xonadon egasining mashinasini minib qochib, avariyaga uchradi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Holat yuzasidan zudlik bilan IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan “To‘sib ushlash” tadbiri orqali olib qochilgan avtomobilni aniqlash choralari ko‘rilgan. 21 yoshli haydovchi “Sirdaryo” YPX maskaniga yetganida, postda tekshiruvlar olib borilayotganini ko‘rib, qo‘rqqanidan boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobilni post yaqinidagi betonga borib urgan.

Avtomobilni olib qochgan shaxsga nisbatan Jomboy tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-modda (transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiyda o‘g‘rilik uchun 5 yil qamalib chiqqan shaxs 2 oy o‘tmay IIB xodimi Lacetti’sini olib qochishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar