Daryo

Navoiyda o‘g‘rilik uchun 5 yil qamalib chiqqan shaxs 2 oy o‘tmay IIB xodimi Lacetti’sini olib qochmoqchi bo‘ldi

Unga nisbatan yana o‘g‘rilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish75 272 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati

Navoiyda IIB xodimining avtomashinasini olib qochmoqchi bo‘lgan muqaddam sudlangan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Foto: Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, Navoiy shahrida tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlanib, Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, 2020-yilning 29-noyabrida jazoni ijro etish koloniyasidan ozodlikka chiqarilgan 40 yoshli fuqaro U.K. yana o‘g‘rilikka qo‘l urgan.

2021-yil 16-yanvar kuni soat 12:30 lar atrofida Navbahor tumanida yashovchi, Navbahor tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi inspektori J.M.ga tegishli bo‘lgan Lacetti’ni olib qochmoqchi bo‘lgan.

Shaharning Islom Karimov ko‘chasida to‘xtab turgan avtomashinaning eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochayotgan vaqtida ushbu holatni ko‘rib qolib, qarshilik qilgan inspektorning yuziga bir necha marotaba urib, hodisa joyidan qochib ketmoqchi bo‘lganida avtomashina egasi tomonidan ushlab qolingan.

Holat yuzasidan U.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar