Daryo

Samarqandda hali qurib bitkazilmagan xonadonda portlash sodir bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, yerto‘lada gaz to‘ldirilgan 20 ta maishiy gaz balloni portlagan

1 daqiqa o‘qish97 146 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatidagi hali qurib bitkazilmagan xonadonlarning birida 2021-yilning 18-yanvar kuni kechki payt kuchli yong‘in kelib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, u yerda gaz to‘ldirilgan 20 ta maishiy gaz balloni portlagan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, shu kuni kech soat 20:08 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcherlik xizmatiga o‘zini R.Sh. deb tanishtirgan fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, Samarqand tumani “Rajabamin” mahallasida yashovchi 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro O.N.ning hali qurib bitkazilmagan uyida yong‘in sodir bo‘layotganini aytgan.

Olingan xabarga asosan bu ishga 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi safarbar qilingan bo‘lib, ekipajlar voqea joyiga soat 20:23 da yetib borgan. Soat 21:22 da yong‘in o‘rab olinib, 22:16 da o‘chirilgan. Yong‘indan xonadonning, taxminan, 50 kvadrat metr maydoni, 2021-yilda ishlab chiqarilgan oq rangli Damas avtomashinasi zararlangan. Shuningdek, yong‘inni o‘chirish jarayonida qutqaruvchilar tomonidan mazkur xonadonning yerto‘lasidagi mavjud bo‘lgan yong‘indan zarar ko‘rgan, taxminan 20 dona maishiy gaz balloni olib chiqilib, xavfsizligi ta’minlangan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Yong‘inning kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida tuman IIB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar