Daryo

O‘zbekistonda elektromobillar importi ikki yilda 10 barobarga oshdi

2020-yilda mamlakatga xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan

1 daqiqa o‘qish37 596 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda 2020-yilda 2,9 million dollar sarflanib, xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi
Shunday qilib, ikki yil ichida ushbu ko‘rsatkich o‘n barobarga oshgan:
  • 2018-yilda — 13 ta;
  • 2019-yilda — 39 ta;
  • 2020-yilda — 131 ta.
O‘zbekiston elektromobillarni asosan Xitoy (92) ta, shuningdek, Janubiy Koreya (13 ta), Gruziya (7 ta), AQSh (7 ta) va Germaniyadan (5 ta) import qilgan.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda elektromobillar importi uchun imtiyozlar amalda — ular uchun boj va aksiz solig‘i to‘lanmaydi. Faqatgina tegishli yig‘imlar va QQS to‘lanadi.

Avvalroq O‘zbekistondagi bir nechta kompaniyalar 2021—2023 yillarda avtomobillar, pikaplar, yuk mashinalari, mikroavtobuslar va boshqa avtomobillarni ishlab chiqarish va yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Prezident yiliga 50—60 ming dona hamyonbop avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, avtomobil sanoati uchun sarmoya kiritish zarurligini ta’kidlagan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar