Daryo

Termizda xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi

Mercedes-Benz rusumli maxsus xizmat avtomobili to‘xtash qoidalariga amal qilmasdan, boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bergan

1 daqiqa o‘qish86 446 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

IIV YHXBB axborot xizmati 25-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “Surxondaryoda qoidabuzar YPX xodimi” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavhaga munosabat bildirdi.

Kadr: Telegram

Videolavhada Termiz shahrining markaziy ko‘chalaridan birida viloyat IIB YHXBga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz rusumli 75 203 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili to‘xtash qoidalariga amal qilmasdan, boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bergan holda yo‘lning qatnov qismiga to‘xtaganligi holati aks etgan.

Mazkur Mercedes-Benz maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan haydovchi xodim Sh.T.ga nisbatan to‘xtash qoidalarini buzganligi bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1286-modda (transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi)si tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, u 669 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan haydovchi xodimlar zaruriyat yuzasidan qoidalarda belgilangan tartibni chetlab o‘tish holati yuzaga kelganda ko‘k va qizil rangli mayoqchalarni yoqib, maxsus tovushli ishoradan foydalangan holda xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Jizzax, Farg‘ona va Toshkentda yo‘l qoidasini buzgan haydovchilar jarimaga tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar