Daryo

Jizzaxda yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimiga chora ko‘rildi

Xodim xizmat avtomashinasida 1.1 yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlangan

1 daqiqa o‘qish68 958 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Jizzax shahrida Lacetti rusumli xizmat mashinasida qoida buzgan YPX xodimiga chora ko‘rildi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 2-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda “YPX xodimi qoidani buzdi” sarlavhasi ostida videolavha tarqalgan.

Videolavhada Jizzax shahrida viloyat IIB YHXBga tegishli Lacetti rusumli, davlat raqami 25 226 VSF bo‘lgan maxsus xizmat avtomashinasi piyodalar o‘tish joyidan oldin chizilgan 1.1 (qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini, yo‘lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini, transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo‘lning qatnov qismi chegarasini bildiruvchi chiziq) yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlangani aks etgan.

Foto: IIV YHXBB

Qayd etilishicha, holat o‘rganilgan va Lacetti rusumli, 25 226 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasi biriktirilgan haydovchi xodimga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Avvalroq Toshkentda yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortilgani, Surxondaryoda “To‘xtash taqiqlanadi” belgisi ostida qoldirilgan IIBga qarashli Lacetti hamda Captiva’ga jarima belgilangani hamda Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urgani aytilgan Toshkent viloyati YHXB xodimi ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar