Daryo

Farg‘onada yo‘l qoidasini buzgan IIB xodimi jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqda IIB JTSBga tegishli xizmat mashinasi qoida buzgan holda to‘xtab turgani tasvirlangan surat tarqalgan

1 daqiqa o‘qish41 556 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ijtimoiy tarmoqda “Farg‘onalik okaxonlarimizga bo‘laveradimi?” sarlavhasi ostida xabar tarqalgan. Holat yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Qayd etilishicha, 2020-yilning 7-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Farg‘onalik okaxonlarimizga bo‘laveradimi?” sarlavhasi ostidagi xabar tarqaldi.

Unda Farg‘ona viloyati IIB jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga tegishli bo‘lgan, Nexia rusumli 40 312 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili yo‘l harakati qoidalarining 91-bandini buzgan holda 1.4 (To‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 To‘xtash taqiqlangan yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi) yo‘l yotiq chizig‘i chizilgan joyda to‘xtab turganligi aks etgan.

Foto: IIB YHXBB

Mazkur holat o‘rganilgan va davlat raqami 40 312 VSF bo‘lgan Nexia maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan Farg‘ona viloyati IIB JTSB haydovchi xodimiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Avvalroq Jizzax va Toshkentda yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimiga chora ko‘rilgani hamda Sirdaryo YHXBga tegishli 4 oyda 15 marta qoida buzgan avtomobil “kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligi” sabab jarimalardan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar