Daryo

UFC prezidenti Habib Nurmagomedov qaytmaydigan bo‘lsa, yengil vazn chempionligi uchun kimlar jang qilishini aytdi

UFC rahbarining rejalari aniq

1 daqiqa o‘qish74 214 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UFC

UFC prezidenti Deyna Uayt promoushenning yengil vazn toifasi chempionligi uchun kimlar jang qilishini ma’lum qildi.

Foto: UFC
Agar Habib Nurmagomedov UFC’ga qaytmaydigan bo‘lsa, u holda chempionlik kamari vakant bo‘ladi. Chempionlik uchun esa Dastin Porye hamda Maykl Chendler jang qiladi.
“Agar Habib ketsa, Porye va Chendler kamar uchun jang qiladi”, — deya e’lon qildi Uayt UFC 257 musobaqasidan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan 24-yanvar tongida Abu-Dabida UFC 257 musobaqasi o‘tkazildi. Yengil vazn toifasi vakili Dastin Porye raqibi Konor Makgregorni 2-raunddayoq nokautga uchratdi. Ushbu vaznda UFC’dagi debyutini o‘tkazgan Maykl Chendler esa raqibi Den Hukerni 1-raunddayoq nokautga uchratib, g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar