Daryo

UFC 257 musobaqasining bonus egalari ma’lum bo‘ldi. Ular orasida Mahmud Murodov ham bor

Jami 4 nafar yakkakurashchi bonusga ega bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish85 398 ko‘rishlar0 izoh0

Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da 24-yanvar tongida UFC 257 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: UFC

Promoushen matbuot xizmati kechaning eng yorqin chiqishi uchun ajratilgan bonuslar egalarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Dastin Porye, Maykl Chendler, Mahmud Murodov va Marina Rodriges yorqin jang uchun 50 ming dollar miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Murodov uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga Endryu Sanchesni mag‘lub etdi. Porye esa asosiy jangda Makgregorni nokautga uchratdi. Maykl Chendler UFC’dagi debyut jangida nomdor Den Hukerni birinchi raundda muddatidan avval mag‘lub etdi. Rodriges esa Amanda Ribasga qarshi jangning ikkinchi raundida nokaut qayd etdi. Musobaqaning eng yaxshi jangi esa aniqlanmadi.

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov UFC 257 haqida: “Men bu yigitlardan bir daraja ustunman”

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar