Daryo

Konor Makgregor: “Bunday kuchli oyoq zarbalariga duch kelmagandim”

Konor Poryega qarshi jangdan so‘ng fikrlari bilan bo‘lishdi

1 daqiqa o‘qish81 584 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor Toshkent vaqti bilan 24-yanvar tongida UFC 257 musobaqasi doirasida Dastin Poryega qarshi o‘tkazilgan jangda mag‘lub bo‘ldi. Sportchi jangdan so‘ng fikrlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Getty Images
Yana bir bor o‘ylab, tahlil qilib ko‘raman. Qiziq jang tashkil qilsa bo‘ladigan ko‘plab yigitlar bor. Dastin Porye bilan uchinchi jangga keladigan bo‘lsak, uning oyoq zarbalari juda kuchli. Bunaqasini uchratmagandim.

Tahlil qilamiz, tayyorlanamiz va tuzatishlarni amalga oshiramiz. Hozir hech narsa qilib bo‘lmaydi, bo‘ladigan narsa sodir bo‘ldi.

Ko‘ramiz endi nima bo‘lar ekan. Poryening oyoqqa zarbalar berishini bilardim va bunga tayyor edim. Biroq har bir zarbadan so‘ng hammasi yomonroq ko‘rinish ola boshladi. Tayyorlanaman va qaytaman. Oyoqlarim bilan nimadir qilishim kerak.

Yaqin Sharqqa kelganimdan xursandman. Menga jang qilish yoqadi va davom etishni xohlayman. Agar nimadir ko‘ngilsizlik sodir bo‘lsa ham shunchaki olg‘a yurish lozim.

Konor Makgregor, UFC jangchisi
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor Dastin Poryega qarshi revansh jangida 2-raunddayoq nokautga uchradi. Qayd etish joiz, ular o‘rtasidagi birinchi jangda Konor Dastinni nokautga uchratgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar