Daryo

Habib Nurmagomedov UFC 257 haqida: “Men bu yigitlardan bir bosh ustunman”

Deyna Uayt UFC 257 musobaqasidan keyin Habib bilan suhbatlashganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish86 496 ko‘rishlar0 izoh0
Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

UFC prezidenti Deyna Uayt 24-yanvar tongida “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasidan keyin Habib Nurmagomedov bilan suhbatlashganini ma’lum qildi.

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images
Habib bilan haqiqatdan ham gaplashdim. U menga shunday dedi: “Deyna, haqiqatga tik qara. Men bu yigitlarda bir bosh ustunman, ularning hammasini mag‘lub etganman”.

Bilmadim. Biroq buni yaxshi yangilik deb bo‘lmaydi. Ko‘ramiz.

Deyna Uayt, UFC prezidenti
Dastin Porye UFC 257 musobaqasining asosiy jangida Konor Makgregorni nokautga uchratdi. Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida ham yengil vazn toifasi vakillari ishtirok etdi va unda Maykl Chendler Den Hukerni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Mavzuga doir: Mahmud Murodov UFC’dag 3-jangida amerikalik raqibini dahshatli nokautga uchratdi

Eslatib o‘tamiz, Habib avvalroq bu Makgregor va Porye bilan o‘zaro oktagonga ko‘tarilgan. 2018-yilning oktabrida Konorni to‘rtinchi raundda og‘ritish usuli bilan, 2019-yilning sentabrida esa Poryeni uchinchi raundda bo‘g‘ish usuli orqali taslim etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar