Daryo

O‘zbekistonda hafta oxirlariga borib havo keskin sovib, qor yog‘adi

“O‘zgidromet” haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq bo‘lishi, ammo haftaning oxiriga kelib, qishki ob-havo mamlakatga qaytishini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish168 906 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq bo‘ladi, ammo haftaning oxiriga kelib, qishki ob-havo mamlakatga qaytadi, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, 18-yanvar, dushanba kuni yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat rsepublikaning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Havo harorati ko‘p yillik qiymatlardan 8—10 darajaga yuqori va 13—18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

19-yanvar, seshanba kuni respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

20-yanvar, chorshanba kuni Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yomg‘ir qorga aylanadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

21-yanvar, payshanba kuni respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

19—21-yanvar kunlari harorat o‘zining ko‘p yillik qiymatlaridan 8—10 darajaga yuqori bo‘ladi va kechalari 0—5 daraja iliqni, kunduz kunlari 11—16 daraja iliqni tashkil etadi.

22-yanvar, juma kuni sovuq antitsiklon sababli ob-havo keskin o‘zgara boshlaydi, u mamlakat hududlariga qor va manfiy qiymatli haroratlarni olib keladi. Nam havo massalari Volga bo‘yi hududlaridan kirib keladi. Respublika bo‘yicha qor yog‘adi, faqat mamlakatning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq—3 daraja iliqni tashkil etadi.

23-yanvar, shanba kuni antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, lekin juda sovuq bo‘ladi. Havo harorati kechasi 5—10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq—3 daraja iliqni tashkil etadi. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 6—8 darajaga past bo‘ladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar