Daryo

Mirzacho‘l, Zafarobod va Forish tumanlarida hokim o‘zgardi

Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida 19-yanvar kuni hokimlar o‘zgardi

1 daqiqa o‘qish83 226 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida 19-yanvar kuni hokimlar o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2018-yil noyabr oyidan buyon Mirzacho‘l tumaniga rahbarlik qilib kelgan Komil Adhamovich Xolmurodov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hokim lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Sherzod Malikovich Ahmedov tuman hokimi lavozimiga tayinlangan.

Sherzod Ahmedov.Foto: Jizzax viloyati hokimligi

Ma’lumot uchun, Sherzod Ahmedov 1978-yilda Zomin tumanida tug‘ilgan, 2000-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va 2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tamomlagan. U 2016-yildan buyon “Agrobank”ning Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i edi.

Nodirbek Rajapov.Foto: Jizzax viloyati hokimligi

2018-yil aprelidan beri Zafarobod tumaniga hokimlik qilib kelgan Ibrohim Qarshiboyev boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Nodirbek Muxtorovich Rajapov tuman hokimi lavozimiga tayinlangan.

Ikrom Matiyev.Foto: Jizzax viloyati hokimligi

Shuningdek, shu vaqtgacha Forish tumaniga hokimlik qilgan Abdivali Mustanov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Ikrom Sindorovich Matiyev Forish tumaniga hokim etib tayinlangan.

Avvalroq Qo‘rg‘ontepa tumaniga vaqtinchalik hokim tayinlangani, shuningdek, Bektemir tumani hokimi Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumani hokimi etib tayinlangani, sobiq uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri esa Nurafshonga hokim bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov transport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar