Daryo

Qo‘rg‘ontepa tumaniga vaqtinchalik hokim tayinlandi

Shu kunga qadar Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimida vaqtinchalik ishlab turgan Ulug‘bek Rahimov o‘zining amaldagi xizmat lavozimiga qaytarilgan

1 daqiqa o‘qish39 294 ko‘rishlar0 izoh0

Bahromjon Tursunov Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Foto: “Daryo”

“Kun.uz”ning Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, shu kunga qadar Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimida vaqtinchalik ishlab turgan Ulug‘bek Rahimov o‘zining amaldagi xizmat lavozimiga qaytarilgan.

Tuman hokimi lavozimini bugunga qadar tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Bahromjon Tursunov vaqtinchalik boshqarib borishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2006-yildan buyon Qo‘rg‘ontepa tumanini boshqargan Avazxon Ergashev 2020-yil dekabrida Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Uning o‘rniga Andijon viloyati hokimligining Qishloq va suv xo‘jaligi kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelgan Ulug‘bek Rahimov vaqtinchalikka Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga doir: Andijon shahriga vaqtinchalik hokim tayinlandi. Avvalgi hokim sog‘lig‘i sabab ishdan ketgani aytilmoqda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar