Daryo

Komil Xolmurodov Mirzacho‘l tumani hokimi etib tayinlandi

U bungacha viloyat prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi

1 daqiqa o‘qish55 160 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Turon 24”

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Komil Xolmurodov tuman hokimi etib tayinlandi. U bungacha viloyat prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Sessiyada Bosh prokuror Otabek Murodov qatnashdi.

Ma’lumot uchun, tumanning avvalgi hokimi Mahmud Xolbo‘tayev Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.