Daryo

Internetda ilk iPhone’ni ishlab chiqarish jarayoni tasvirlangan noyob suratlar tarqaldi

Suratlarda smartfonlarni sinovdan o‘tkazish jarayonini ko‘rish mumkin

1 daqiqa o‘qish31 702 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / Bob Berrou

Ilk iPhone modelining taqdimotidan 13 yil o‘tib, uni ishlab chiqarish jarayoni tasvirlangan arxiv suratlar e’lon qilindi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Twitter / Bob Berrou

Suratlarda smartfonlarni sinovdan o‘tkazish jarayonini ko‘rish mumkin, oddiyroq qilib aytganda — sifat nazoratini. Bu birinchi iPhone partiyalarini ishlab chiqarishning eng qizg‘in pallasi hisoblanadi. Apple sobiq muhandisi Bob Berrouning so‘zlariga ko‘ra, suratlar 2007-yilning bahorida olingan.

Aftidan, suratlar Foxconn kompaniyasining zavodida olingan bo‘lib, Apple u bilan hamon hamkorlik qilib keladi. Unda o‘nlab iPhone qurilmalari barcha funksiyalarni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus ustunlarga qotirilgan — maxsus dasturlar kameralarni yoqadi, aloqani va qolgan barcha parametrlarni tekshiradi.

Foto: Twitter / Bob Berrou

Alohida modellarni odamlar qo‘lda tekshiradi — bu dastlabki bosqichlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ommaviy nuqsonlar oldini olishga yordam beradi.

Apple dunyodagi eng yopiq kompaniyalardan biri hisoblanadi, shu sababli kompaniya kamdan kam hollarda ish jarayonlariga oid ma’lumotlarni e’lon qiladi.

Foto: Twitter / Bob Berrou
Foto: Twitter / Bob Berrou
Birinchi iPhone 2007-yilning 9-yanvarida taqdim etilgan, sotuvda esa o‘sha yilning iyun oxirlarida paydo bo‘lgan. Uning boshlang‘ich narxi 499 dollarni tashkil etgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar