Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

PostNord pochta kompaniyasi 18 yoshli ekofaol Greta Tunberg sharafiga pochta markasi chiqardi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: PostNord

Pochta markasida sariq kamzulda qaldirg‘ochlarga qarab turgan Greta tasvirlangan.

Greta Tunberg tasvirlangan marka atrof-muhit va ekologiyaga bag‘ishlangan Vardefull Natur (Qimmatbaho tabiat) to‘plamiga kiritilgan. Pochta markalari uchun rasmlarni rassom Xenning Trollbek chizgan.

Markalar 14-yanvarda sotuvga chiqariladi. Marka narxi 12 shved kronasini tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Greta Tunberg 2018-yilda Shvetsiya parlamenti binosi yonida har juma kuni norozilik namoyishi o‘tkazishni boshlagan va hukumatdan iqlimni asrash bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazishni talab qilganidan so‘ng mashhur bo‘lgandi. 2019-yilning yozida Tunberg o‘qishdan tanaffus qilishga qaror qildi. Bir yildan so‘ng u maktabga qaytdi.

Tunberg 2019-yilda Nyu-Yorkda BMTning iqlim sammitida nutq so‘zlagan. Shuningdek, 2019-yil oxirida Time jurnali shvetsiyalik o‘smir qizni “Yil odami” deb e’tirof etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Temur ham, Bobur ham Hindistonni aql bilan olgandi”. Twitter foydalanuvchilari shaxmat Olimpiadasidagi g‘alaba haqida
Dunyo
AQSH armiyasi yollanma askarlar tanqisligiga duch kelmoqda — Bloomberg
Madaniyat
Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Shahzoda Matchonova, yangi mashinali bo‘lgan Aziza Xalilova, farzandli bo‘lgan Yulduz Nizomova