Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Time jurnali talqiniga ko‘ra, yil odami shvetsiyalik 16 yoshli Greta Tunberg bo‘ldi. Bu haqda nashrning saytida ma’lum qilindi.

Foto: Time

Foto: Time

Time jurnali muqovasida Greta Tunbergning Portugaliyada okean qirg‘og‘ida tushgan rasmi aks etgan va unga “Yoshlik kuchi” deb izoh berilgan. Nashr xodimlari Tunbergning “Biz xuddi erta yo‘qdek yashashda davom eta olmaymiz, chunki ertangi kun bor”, degan so‘zlarini iqtibos sifatida keltirgan.

Shvetsiyalik 16 yoshli Greta Tunberg dunyodagi ekologik harakatning yetakchilaridan biri hisoblanadi. U 2018-yilda Shvetsiya parlamenti oldida bir o‘zi norozilik bildirganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketdi. Norozilik chiqishi chog‘ida qiz iqlim bo‘yicha Parij bitimi talablariga amal qilishni talab qilgan. 2019-yilning sentabr oyida Tunberg BMTning iqlim bo‘yicha sammitida nutq so‘zladi. Chiqishi davomida qiz siyosatchilarni uning bolaligini tortib olganlikda ayblagan va ularning zimmasiga iqlim o‘zgarishlari muammolarini yechishni yuklagan.

Avvalroq Time jurnali “Yil odami” mukofotiga nomzodlarning qisqa ro‘yxatini taqdim etgan edi. Ro‘yxatda siyosatchilardan AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, AQSh prezidenti Donald Tramp, Xitoy raisi Si Szinpin hamda Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Arder o‘rin oldi.

Shuningdek, ro‘yxatda Facebook asoschisi Mark Sukerberg, amerikalik futbolchi Megan Rapino, Trampga nisbatan impichment jarayonining boshlanishiga sabab bo‘lgan MRBning maxfiy xodimi, Trampning shaxsiy advokati Rudolf Juliani, 16 yoshli ekofaol Greta Tunberg va Gonkongdagi norozilik namoyishi ishtirokchilari ham bor edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)