Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ro‘ziboyev o‘z lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Bahodir Ro‘ziboyev

Foto: Suv xo‘jaligi vazirligi

Ma’lumot uchun, Bahodir Qo‘chqorovich Ro‘ziboyev 1964-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1985-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.

U 2008−2009-yillarda O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Kapital qurilish va qurilish ishlarini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2009−2014-yillarda vazirlikning Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan.

Shuningdek, 2014−2018-yillarda “UZGIP” direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 8-maydagi qarori bilan u suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Avvalroq tadbirkorlarning muammolarini hal qilmagani sababli Buxoro, Jondor va Sirdaryo tumanlari hokimlari, Sherzod Shermatov boshchiligidagi yig‘ilishda birorta bitiruvchisi OTMga kirmagan Qashqadaryodagi 20 ta maktab direktori hamda Sirdaryoda haydovchining telefonini olib qo‘ygan YPX xodimi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.