Daryo

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan ushbu lavozimni O‘ktam Salomov egalladi

1 daqiqa o‘qish48 920 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Andijon mashinasozlik instituti matbuot xizmati

Prezidentning 29-iyundagi qarori bilan O‘ktam Salomov O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Andijon mashinasozlik instituti matbuot xizmati

Lavozimga tayinlangunga qadar O‘ktam Salomov Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori, undan avvalroq esa Andijon mashinasozlik instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘ktam Salomov 1977-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1999-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Issiqlik fizikasi bo‘limi, 2004-yilda Fransiyaning Pyer va Mariya Kyuri nomli 6—Parij universiteti aspiranturasini tamomlagan. 2014-yilda esa Turin politexnika universiteti doktoranturasini bitirgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar