Daryo

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining 2 nafar o‘rinbosari ishdan olindi

Saidkamol Xo‘jayev boshqa ishga o‘tgan, Botirjon Sulaymonov Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimida qolgan

1 daqiqa o‘qish60 504 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining ikki nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, deya xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib “Gazeta.uz”.

Qishloq xo‘jaligi vazirining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan.

Saidkamol Xo‘jayevFoto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, Saidkamol Xo‘jayev 2018-yilning iyulida qishloq xo‘jaligi vazirining moliya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2020-yilning sentabr oyida esa vazirning oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. Oldinroq u “Agrobank” rahbari lavozimida ishlagan.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi vazirining fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Sulaymonov ham lavozimidan ozod qilingan. U 2020-yilning sentabr oyida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Botirjon SulaymonovFoto: Toshkent davlat agrar universiteti matbuot xizmati

Ma’lumotga ko‘ra, Botirjon Sulaymonov Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimida qoladi.

Avvalroq Surxondaryoda haydovchiga “yalingan” YPX xodimi, Toshkentda mast holda jamoat tartibini buzgan ichki ishlar organi xodimi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qator hududiy boshqarma rahbarlari faoliyatidagi kamchiliklar tufayli lavozimdan ozod qilingani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar