Daryo

Andijonda sodir bo‘lgan 668 ta YTHda 147 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

“So‘nggi 4 kun davomida o‘tkazilgan tadbirlarda 104 nafar haydovchi mast holda avtomashina boshqargani aniqlanib, belgilangan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilgan”, — deydi Diyorbek Abdurazzoqov

1 daqiqa o‘qish17 778 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatida 2020-yil sodir bo‘lgan 668 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 147 kishi vafot etgan, 582 nafar fuqaro esa turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Viloyat YHXB xodimi Diyorbek Abdurazzoqovning aytishicha, bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida YPX xodimlari tomonidan doimiy ravishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari bilan birga reyd tadbirlari o‘tkazilishi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Diyorbek Abdurazzoqov.Foto: “Daryo”

“Olib borilayotgan tungi reyd tadbirlari davomida asosiy e’tibor mast holda avtomashina boshqarib kelayotgan hamda qo‘pol turdagi qoidabuzarlik sodir etayotgan haydovchilarni aniqlashga qaratilmoqda. Profilaktik tadbirlar davomida yo‘lovchi tashish tizimida joriy etilayotgan talablar va mazkur sohada yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xodimlar tomonidan 1329 nafar haydovchiga nisbatan aynan shu qoidabuzarliklari uchun ma’muriy choralar ko‘rilgan. So‘nggi 4 kun davomida o‘tkazilgan tadbirlarda 104 nafar haydovchi mast holda avtomashina boshqargani aniqlanib, belgilangan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilgan”, — deydi Diyorbek Abdurazzoqov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 6 kishining umriga zomin bo‘lgan avtohalokat sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzilgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar