Daryo

Ellikqal’ada Cobalt va Spark ishtirokida og‘ir YTH yuz berdi. To‘rt kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Shuningdek, yana ikki kishi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish35 156 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV YHXBB

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumani hududida 19-dekabr kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston IIB YHBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV YHXBB

Ma’lumotlarga ko‘ra, avariya davlat ahamiyatiga ega 4P165 Urganch—Chalish—Beruniy—Bo‘ston avtomobil yo‘lining 36—37-kilometrlarida sodir bo‘lgan.

Urganch tomon harakatlanayotgan Cobalt avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Spark bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda ikkala haydovchi ham halok bo‘lgan, Cobalt’ning ikki yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

“Gazeta.uz”ning ma’lumotlariga ko‘ra, jami uch kishi shifoxonaga yotqizilgan — ona (39 yosh) va ikki og‘il (17 va 15 yosh). Bundan tashqari, Cobalt ichida bo‘lgan 3,5 yoshli egizak qizlar ham vafot etgani aytilmoqda. Haydovchi ularning otasi bo‘lgan.

YHBB ma’lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasiga inson omili, ya’ni Cobalt’ning qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani sabab bo‘lgan.

Avvalroq Sirdaryoda “ZIL” yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt’ga urilishi oqibatida yengil mashina haydovchisi, shuningdek, Samarqandda 14 yoshli bola boshqaruvidagi Tracker YTHga uchrashi oqibatida haydovchining tengdoshi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar