Daryo

Braziliya vitse-prezidenti koronavirus yuqtirib oldi

Vitse-prezident karantinni o‘zining rasmiy qarorgohida, Jaburu saroyida o‘tkazadi

1 daqiqa o‘qish22 657 ko‘rishlar0 izoh0
Antoniu Amilton Martins Mouran Foto: Getty Images

Braziliya vitse-prezidenti 67 yoshli Antoniu Amilton Martins Mouran COVID-19 bilan kasallandi, u o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga o‘tkaziladi, deb yozadi “RBK” siyosatchining matbuot xizmatiga tayanib.

Antoniu Amilton Martins MouranFoto: Getty Images

Uning qanday ahvolda ekanligi haqida aniq ma’lumot berilmadi. Globo nashrining so‘roviga javoban, matbuot xizmati uning ahvoli joyida ekanligini ma’lum qilgan. Vitse-prezident karantinni o‘zining rasmiy qarorgohida, Jaburu saroyida o‘tkazadi.

Braziliya prezidenti 65 yoshli Jair Bolsonaru yozda koronavirus bilan kasallanib o‘tgan edi. Davlat rahbarida yuqori tana harorati (38 daraja) va darmonsizlik kabi belgilar kuzatilgan.

Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 7 484 285 kishi kasallikni yuqtirib olgan. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari bo‘yicha, Braziliya pandemiya davrida koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda AQSh va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda turibdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar