Daryo

Braziliya prezidenti koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

Bolsonaru ommaviy va davomiy ravishda koronavirusning xavfini rad etgan kam sonli davlat rahbarlaridan biri hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish41 578 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Prezidentning ma’lum qilishicha, u o‘zida o‘tkir respirator virusli kasallik alomatlarini sezgach, koronavirusga test topshirgan va test prezidentda koronavirus borligini ko‘rsatgan.

Bolsonaru ommaviy va davomiy ravishda koronavirusning xavfini rad etgan kam sonli davlat rahbarlaridan biri hisoblanadi.

Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda kasallanish bo‘yicha 1,6 millionta holat qayd etilgan, 65 mingdan ortiq odam kasallik qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Braziliya mamlakatdagi koronavirusga oid muhim statistikani e’lon qilishni to‘xtatdi

Eslatib o‘tamiz, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirusga chalingani haqida mart oyida ham xabarlar tarqalgandi, biroq prezidentning o‘zi bu xabarlarni rad etgandi. Shundan so‘ng u ikkinchi marta koronavirusga test topshirgandi va unda kasallik aniqlanmagandi.

Avvalroq koronavirusni tan olmagan Burundi prezidenti vafot etgandi. U koronavirusga chalinganlik gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar