Daryo

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronda koronavirus aniqlandi

Fransiya prezidenti yetti kunga o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga o‘tadi. U ishlashni masofadan turib davom ettiradi

1 daqiqa o‘qish29 714 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronda koronavirus aniqlandi, deb yozadi “RBK”. U koronavirusga topshirgan test musbat natija bergan.

Foto: AP Photo

Yelisey saroyi xabarida aytilishicha, Makron o‘zida kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lganidan keyin test topshirgan.

“Mamlakatning barcha fuqarolari uchun amal qiladigan amaldagi sanitariya qoidalariga ko‘ra, Fransiya prezidenti yetti kunga o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga o‘tadi. U ishlashni masofadan turib davom ettiradi”, — deya ma’lum qilinadi Yelisey saroyida.

Makron “Katta yettilik”ka a’zo mamlakatlar rahbarlari orasida uchinchi bo‘lib koronavirusni yuqtirib oldi. Bungacha AQSh prezidenti Donald Tramp va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasal bo‘lib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada 15-dekabrdan komendantlik soati e’lon qilingan, u soat 20:00 dan soat 06:00 gacha amal qiladi. Komendantlik soati Yangi yil kechasi ham kuchda bo‘ladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar