Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moldova bosh vaziri Ion Kiku koronavirusga chalindi. Bu haqda hukumat matbuot xizmatiga tayanib “RBK” xabar qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“COVID-19 virusiga xos alomatlar paydo bo‘lishi sababli bosh vazir Ion Kiku test topshirdi. Test javobi — musbat”, — deyiladi xabarda.

Hukumat Kiku masofadan turib ishlashini qo‘shimcha qilgan.

Moldova Sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 8-dekabrda 1709 kishida koronavirus aniqlangan. Moldovada epidemiya boshlanganidan beri 119 204 ta COVID-19 bilan bog‘liq holat aniqlangan.

Noyabr oyi oxirida Moldovada koronavirus tarqalishi sababli butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat joriy etildi. Ushbu chora 2021-yil 15-yanvargacha amal qiladi.

Ushbu davrda mamlakatda barcha ko‘ngilochar tadbirlar taqiqlandi, tungi klublar va karaoke faoliyati to‘xtatildi. Restoran, bar va kafelarga faqat soat 07:00 dan 22:00 gacha ishlashga ruxsat beriladi.

Avvalroq kichik Donald TrampUkraina sog‘liqni saqlash vaziri, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda FIFA prezidenti Janni Infantino koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?