Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda va elektron ommaviy axborot vositalarida Turkiyaning Jivril shahrida o‘zbekistonlik qiz majburan ushlab turilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi Turkiyaning vakolatli idoralariga mazkur holat bo‘yicha rasmiy murojaat qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Sh.X. Turkiya fuqarosi J.Ch.ga turmushga chiqish uchun 2020-yil 14-noyabrda Turkiyaga kelgan. Qisqa muddat birga yashagandan so‘ng, o‘zbekistonlik qiz oilaviy hayot va ijtimoiy sharoitdan norozi ekanligi, shuningdek, onasining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan.

Elchixonaning xabar berishicha, hozirgi kunda mazkur fuqaro Denizli viloyatidagi ixtisoslashgan shifoxonalardan birida koronavirus infeksiyasidan davolanish uchun muolaja olmoqda. Shu sababli u bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish imkoniyati mavjud emas.

“Denizli viloyati jandarmeriyasining ma’lumotlariga ko‘ra, bemorning ahvoli barqaror deb baholanmoqda, hamyurtimiz tanasida jarohatlar aniqlanmagan. Ushbu masala Denizli viloyati prokuraturasining maxsus nazoratiga olingan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasining doimiy nazoratida, vakolatli organlar va hamyurtimiz davolanayotgan tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatilgan”, — deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 23-sentabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar qiz Nodira Qodirova Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan edi. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Millat majlisi deputatligiga saylangan Shirin Unalning uyida xizmatchi bo‘lib ishlagan Qodirova vafoti bo‘yicha tergov harakatlari 5 oydan ortiq vaqt davom etgan.

Voqea yuz bergan ilk daqiqalardanoq Shirin Unal va uning oilasi Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilganini ta’kidlab kelmoqda. Bu orada u marhumni psixologik jihatdan nosog‘lomga, shuningdek, tarbiyasi buzuqqa chiqarishga urindi. Qodirovaning oila a’zolari, jumladan, voqea yuz bergan vaqtda Anqarada bo‘lgan akasi Muhammadali Qodirov esa singlisi o‘z joniga qasd qilmagani, balki o‘ldirilganini aytmoqda. Tergov xulosalarida qayd etilishicha, Qodirovaning o‘limida ishlatilgan Beretta rusumidagi qurolda barmoq izlari aniqlanmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi