Britni Spirs Backstreet Boys guruhi bilan birgalikda yangi qo‘shiq yaratdi. Bu haqda Spirs o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Backstreet Boys bilan birgalikda yozilgan “Matches” chiqib bo‘ldi! Qo‘shiq haqidagi fikrlaringizni eshitishdan xursand bo‘laman”, — deb yozadi qo‘shiqchi.
Mazkur kompozitsiya uning originali 2016-yilda taqdim etilgan Glory nomli albomidan deluks-versiya sifatida o‘rin olgan. Plastinkaning yangi versiyasida 23 ta qo‘shiq bo‘lib, ular orasidan “Mood Ring” kompozitsiyasi remikslari ham o‘rin olgan.