“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
21:28, 08.12.2020 40582

Meros qoldirilgan istara: Bollivud afsonalarining kino yo‘lini tanlagan nabiralari (foto)

Hind kinosanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yulduzlar va ularning izidan ketgan nabiralari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Chand Berk va uning nabirasi Ranvir Singx

Foto: Bollywoodtime

Aktyorlik mahorati, tashqi ko‘rinishi bilan Bollivudda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Ranvir Singx — zamonasida mashhur bo‘lgan aktrisa Chandning nabirasi. Pokistondagi xristian oilasida 12 farzanddan bittasi hisoblangan Chand 1946-yildan karyerasini boshlagan. Raqsga tushishni qoyillatgani sabab uni “Panjobning raqsga tushadigan liliyasi” deb atashgan. U ikki marta turmush qurgan, birinchi turmushi o‘xshamaganidan keyin biznesmen Sundara Singxa Bxavnani bilan oila qurgan. Ikkinchi turmushidan bir qiz va o‘g‘ilni dunyoga keltirgan. U o‘g‘lini o‘zi singari san’atni tanlashini istagan, ammo o‘g‘li ota kasbni tanlagan. Orzusini nabirasi Ranvir amalga oshirib, buvisining izidan ketdi.

Usha Kiran va uning nabirasi Sayyami Kxer

Foto: Bollywoodtime

50-yillarda mashhur bo‘lgan aktrisa avvaliga aktrisa bo‘lish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. U turmush qurganidan keyin ikki farzandni: Advayt va Tanvini dunyoga keltirgan. Advayt modellik bilan shug‘ullangan kezlari Uttara bilan tanishgan va Saunskruti va Sayyami ismli farzandlar dunyoga kelgan. Sayyami ham buvisining izidan ketib, ilk bor “Mirza” filmida suratga tushgan.

Purnima va uning nabirasi Emran Xashmi

Foto: Bollywoodtime

Purnima Das Verma 40-yillar oxiri 50-yillarning mashhur aktrisalaridan. U ikki marta turmush qurgan. Birinchi turmushidan bo‘lgan Anvar Xashmi, Farida Jalal bilan birga suratga tushgan. Ammo shunga qaramasdan, u karyera borasida muvaffaqiyatga erishmagan. Ammo Anvarning o‘g‘li Emran ijodkorlik borasida muvaffaqiyat qozongan. U “Gangster” va “Bir kuni Mumbayda” singari filmlarda suratga tushgan.

Nutan va uning nabirasi Pranutan Baxl

Foto: Bollywoodtime

Filmfare Award mukofotining 5 karra sovrindori, eng yaxshi aktrisalardan biri Nutan — rejissor Kumarsen Samarta hamda Shobxana Samartning qizi. Nutan Rajish Baxl bilan turmush qurgan va o‘g‘li Monishni dunyoga keltirgan. Monish ham aktyorlikni tanlagan. Monishning qizi Pranutan “Kundalik” filmida rol ijro qilgan, ayni vaqtda esa “Helmet” komediyasida suratga tushmoqda.

Raj Kapur va uning nabirasi Ranbir Kapur

Foto: Bollywoodtime

Raj Kapur singari aktyorlar 100 yilda bir dunyoga kelishi aniq. Ranbir Kapurlar ajdodiga munosib ravishda mahorati bilan muxlislar qalbidan joy olishga harakat qiladigan ijod vakillaridan. Filmfare Awards mukofotining 6 karra sovrindori Bollivud muxlislarini rang-barang rollari bilan quvontirishda davom etadi.

Shobxana Samart va uning nabirasi Kajol

Foto: Bollywoodtime

Samart-Mukerjilar sulolasi hind kinosanoatida Kapurlardan kam mashhur emas. Sulola vakili hisoblangan Shobxana Samart 1930-1940-yillar Bollivudning mashhur aktrisalaridan biri hisoblanadi. U aktrisalikni majburlikdan tanlab, suratga olish maydonchasida rejissor Kumarsen bilan tanishgan. Ular turmush qurgan va Nutan, Tanuju, Chaturu ismli qizlar va o‘g‘li Jaydipni dunyoga keltirgan. Tanujining qizlari Kajol va Tanisha buvisining izidan ketib aktrisa bo‘lishni tanlagan. Kajol ijoddagi muvaffaqiyat borasida hatto xolasi Nutandan ham o‘zib ketgan.

Mukesh va uning nabirasi Nil Nitin Mukesh

Foto: Bollywoodtime

Mukesh Chand Matxur hind kinosida Raj Kapur ijrosidagi deyarli barcha qo‘shiqlarni kuylagan. Mukeshning uch qiz va ikki o‘g‘il farzandi bor. Nabirasi Nil Nitin dunyoga kelganida u allaqachon vafot etgan edi. Nil “Sotqin Jonni” filmidagi ilk roli sabab Filmfare Awards mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Suchitra Sen va uning nabiralari Riya va Rayma

Foto: Bollywoodtime

Suchitraning Uttat Kumar bilan birga suratga tushgan filmi hind kinosining klassikasi bo‘lgan. U 15 yoshida Dibanatxa Senaga bilan turmush qurgan va Mun-mun ismli qizni dunyoga keltirgan. Suchitraning qizi Bxaratga turmushga chiqqan. Ularning farzandlari esa karyerasini aktrisalik bilan bog‘lagan.

Dxarmendra va Karan Deol

Foto: Bollywoodtime

2019-yilda ilk marta suratga tushgan Karan aktyorlik borasidagi mahoratini to‘laqonli ochib berolmagan. Shunga qaramasdan, buvasi Dxamendra u bilan faxrlanadi va aktyorlik karyerasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonadi.

Sharmila Tagor va Sara Ali Xon

Foto: Bollywoodtime

60-yillarning eng yaxshi aktrisalaridan biri bo‘lgan Sharmila turmushga chiqqanidan keyin aktrisalikka nuqta qo‘ygan, ammo uning farzandlari Saif Ali Xon va Soxa Ali Xon kasb borasida uning izidan ketgan. Bir necha yil avval esa Saifning birinchi turmushidan bo‘lgan qizi – Sara Ali Xon ham Bollivudda debyut rol ijro qilgan.