CARakoom nashri turli usullar yordamida daraxtlar to‘nkasining sug‘urib olinishi tasvirlangan videojamlanma bilan bo‘lishdi. Biroq unda osonlikcha kundalarni olib tashlashga ixtisoslashgan maxsus texnikalarning kadrlari o‘rin olmagan, balki faqatgina tortish kuchi orqali amalga oshirilgan ishlar tasvirlangan. Daraxtlar troslar bilan o‘ralgan va traktor yoki pikaplar uni ildizi bilan sug‘urib olishga uringan.
Dastlabki kadrlarni to‘ngak xuddi hozir otilib chiqadigandek ko‘rinishi mumkin, ammo barchasi o‘zgacha yakun topgan — tabiat texnika va odamga hech qanday zarar yetkazmasdan sekin-asta taslim bo‘ladi.
Internetda bu kabi jarayonlar tasvirlangan roliklarning aksariyatida omadsiz yakunlangan holatlar ko‘rsatiladi va ular juda ko‘p marotaba tomosha qilingan. “Chunki insonlar boshqalarning omadsizligini kuzatishni yaxshi ko‘radi”, deyiladi xabarda.