Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bollivudning yosh yulduzi Xarshali Malhotra “Bajrangi og‘a” filmidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Kichik bo‘lishiga qaramay o‘ziga yarasha iste’dodi bo‘lgan yoqimli tabassum egasi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Times of India

Foto: Times of India

Xarshali Malhotra 2008-yil 3-iyunda dunyoga kelgan. Yoqimtoy qizaloq karyerasini model sifatida boshlagan va reklama roliklarida va televideniyeda suratga tushgan. Keyinroq unga turli seriallarda suratga tushish taklifi kelib tusha boshlagan. Shundan keyin “Rizolik”, “Jodxa va Akbar” va boshqalarda rol ijro qilgan.

Foto: Times of India

Foto: Times of India

2015-yilda suratga olingan “Bajrangi og‘a” filmidagi Muni roli unga mashhurlik olib kelgan. Film rejissori Kabir Xan Malhotrani ko‘plab rolga da’vogarlar orasidan tanlab olgan.

Foto: Times of India

Foto: Times of India

Unda Xarshali 6 yashar pokistonlik soqov qiz rolini ijro qilgan. Kattalar ham vaqti kelsa bunday qoyillatib ijro qilolmaydigan rolidan keyin u 2016-yilda Zee Cine Awards’da eng yaxshi debyutant aktrisa yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritgan.

Foto: Times of India

Foto: Times of India

Filmda birga suratga tushgan aktyor Salmon Xon qizaloqqa qattiq bog‘lanib qolgan va uning kelgusi ta’limi uchun homiylik qilgan.

Foto: Super Stars Bio

Foto: Super Stars Bio

Qizning onasi kinosanoatda prodyuser sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan Kajal Malhotra hisoblanadi. Xarshali “Prem Ratan Dhan Payo” loyihasida rol ijro qilishga tasdiqlangan bo‘lgan, ammo “Bajrangi og‘a” filmidagi muvaffaqiyatdan keyin onasi va Salmon Xon “Prem Ratan Dhan Payo” karyera borasida ortga qadam tashlash, deb hisoblab, kelishgan holda uni boshqa aktrisa bilan almashtirishga qaror qilgan.

Onasi qizini yulduzga aylantirishga harakat qilmasligi, uyda oddiy tarbiya berishi va maktabda boshqa bolalardek ta’lim olishini aytadi. “Bajrangi og‘a”da soqov qahramonni gavdalantirganiga qaramay, hayotda uni gapirishdan to‘xtatish qiyin, deb qo‘shimcha qiladi.

Foto: India TV News

Foto: India TV News

Ayni vaqtda Malhotra ishtirokidagi yangi loyihalar yo‘q bo‘lsa ham muxlislar uning kelajakda Bollivudda o‘z o‘rniga ega ijodkor bo‘lishiga ishonadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)