Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

53 yoshli kinoyulduz Nikol Kidman tanasiga yaxshi e’tibor bermaganidan pushaymonda ekanligini so‘zlab berdi. Natijada aktrisa teri saratonini boshdan o‘tkazgan, deb xabar beradi The Sydney Morning Herald.

Foto: “Kinopoisk”

Foto: “Kinopoisk”

“Sochlarimni muntazam to‘g‘rilash orqali ulardan ayrilganimdan afsuslanamanmi? Albatta. Teri saratonini ham boshdan o‘tkazganman. Quyosh bilan ehtiyotkor bo‘lmaganimdan afsuslanamanmi? Ha, bularning barchasidan pushaymonman. Ammo ayni vaqtda shu yerda turganimdan minnatdormanmi? Ha. O‘z yo‘limda o‘rgangan bilimlar bilan bo‘lishishni istaymanmi? Shubhasiz”, — deydi aktrisa.

Ma’lumot uchun, Nikol Kidman 1990-yildan 2001-yilga qadar aktyor Tom Kruzning rafiqasi bo‘lgan. Ularning Konner va Izabella Jeyn ismli farzandlari bor.

2019-yilda aktrisa farzandlarini Instagram va telefondan mahrum qilganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr