Avstraliyadagi hayvonot bog‘ida Jorj laqabli koalaning yoniga Ivan laqabli boshqa bir koala joylashtirildi. Jorjni bunga qadar boshqa hayvonlar xafa qilib kelgani sabab u bundan mutlaqo norozi bo‘lgan. Shu sababli u so‘laklarini oqizib baqirishga tushgan, deb yozadi The Daily Mail.

Koalaning qichqiriqlari yordam bergan: Ivanni bir kechada qushlar yashaydigan volyerga joylashtirishga majbur bo‘lishgan. Biroq Jorj uzoq vaqt xursand bo‘la olmadi, ertasi kuni koalalarning joyi almashtirilgan. Ivan kichikroq bo‘lgani sabab uning o‘ynashi uchun ko‘proq keng makon kerak. Endi Jorj qushlar bilan yashamoqda.

Avvalroq Avstraliyada dahshatli o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng ilk marta koala dunyoga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.