Amerikalik mashhur aktrisa Enn Xeteuey o‘zining qo‘rqinchli ko‘rinishi bilan Robert Zemiksning “Jodugarlar” nomli ertak-filmida paydo bo‘ladi. Bu Warner Bros kompaniyasining YouTube tarmog‘iga joylashtirgan videosi orqali ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Korrespondent.net”

Ushbu videoda tomoshabin jodugarlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rishi mumkin. Ayniqsa, Enn Xeteuey ijro etgan eng oliy jodugarning dahshatli tabassumi barcha tomoshabinlarni hayratga solishi shubhasiz. Shu sababdan ham u ekranning yana bir mashhur qahramoni Jokerga o‘xshaydi.

Foto: “intermedia.ru”

“Jodugarlar” – Roald Dalning shu nomdagi asari bo‘lib, u ekran uchun moslashtirildi.

Foto: “intermedia.ru”

Film-ertakda yosh yetim bola haqida hazilomuz topishmoq sifatida sirli va ta’sirchan voqea hikoya qilinadi. 1967-yilning oxirida bolakay Alabama shtatidagi Demopolis shahriga mehribon buvisi bilan yashash uchun ketadi.

Foto: “intermedia.ru”

Bola u yerda bir nechta jozibali, ammo aslida yovuz jodugarlar bilan uchrashganidan so‘ng buvisi yosh qahramonni dengiz bo‘yidagi kurortga olib borishga qaror qiladi. Ammo ular belgilangan joyga yetib kelgunga qadar oliy jodugar o‘zining hiyla-nayrangini amalga oshirish uchun butun dunyo bo‘ylab hamkasblarining yig‘ilish marosimini tashkil qiladi.

Foto: “intermedia.ru”

Shuningdek, ertak-filmda Oktaviya Spenser, Kris Rok, Stenli Tuchchi, Kristin Chenovet, Jazir Bruno va boshqa mahoratli aktyorlar ishtirok etgan.