Daryo

O‘zbekistonda “Ural” harbiy avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilmoqda

Mazkur loyiha harbiy va ikki maqsadda foydalaniladigan yuk avtomobillarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish va sog‘lom raqobat muhitini yaratishiga xizmat qiladi

2 daqiqa o‘qish58 752 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekistonning “MS RemTex” MChJ korxonasi bazasida turli modeldagi “Ural” harbiy avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati

Qo‘mita xabariga ko‘ra, mazkur loyiha harbiy va ikki maqsadda foydalaniladigan yuk avtomobillarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish va sog‘lom raqobat muhitini yaratishiga xizmat qiladi.

Ta’kidlanishicha, Qurolli kuchlar bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish, tezkorligi va mobilligini oshirish maqsadida ularni zamonaviy harbiy avtomobil texnikalari bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Qo‘shinlarning yuqori talablariga javob beradigan harbiy texnikalaridan biri “Ural” avtomobili hisoblanadi. Harbiy maqsadlar uchun ishlab chiqarilgan “Ural” avtomobillari hozirda 40 dan ortiq davlatlarning qurolli kuchlarida ekspluatatsiya qilinib, uning shassisiga 400 ga yaqin turli ustqurmalar o‘rnatilgan.

“Shassining keng ko‘lamli maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beruvchi konstruktiv o‘ziga xos xususiyati, transmissiyasining pishiq-puxta ishlanganligi avtomobilni har qanday yo‘l sharoitlarida ishonchli harakatlana olishi hamda uzoq vaqt va ortiqcha sarf-xarajatlarsiz ekspluatatsiya qilinishiga olib keldi” — deyiladi Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi xabarida.

Foto: Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, o‘zining eng yaxshi tavsiflarini saqlab qolgan holda bugungi kunda “Ural” avtomobillari zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilib borilmoqda.

Qo‘mitada 2015-yildan boshlab ishlab chiqarilayotgan 4x4 va 6x6 g‘ildiraklar formulasiga ega bo‘lgan to‘liq uzatmali “Ural NEXT” va “Ural M” yangi modifikatsiyali avtomobillar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ushbu avtomobillar tashqi ko‘rinishidan tashqari bir qancha konstruktiv o‘zgarishlarga ega bo‘ldi.

Foto: Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati
Qo‘mita tomonidan qo‘shimcha qilinishicha, “MS RemTex” MChJ Mudofaa vazirligining sobiq 14-avtomobillarni ta’mirlash zavodi bo‘lib, mazkur zavodda “Ural” avtomobillari yig‘ilgan. Hozirda u yerda mazkur avtomobillarni kapital ta’mirlash amalga oshirilmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar