Daryo

O‘zbekistonda “Tarlon” nomli yengil zirhli avtomobil ishlab chiqarish boshlandi

Mazkur avtomobil shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida o‘q-dori va portlovchi moddalardan himoya qilishga mo‘ljallangan

1 daqiqa o‘qish128 560 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi

O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi mamlakatning maxsus uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalaridan biri “Kran va maxsus texnikalar” MChJ bilan hamkorlikda “Tarlon” (4x4) rusumli yengil zirhli avtomobilning (YZA) tajriba namunasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, o‘qlar va portlashlardan himoya qiluvchi YZA shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida o‘q-dori va portlovchi moddalardan himoya qilish, xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarish, mobil guruhlar va blokpostlarga olovli madad berish, qo‘shinlarni va avtotransport kolonnalarini himoya qilish, jangovar patrullik va boshqa jangovar vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

Ta’kidlanishicha, o‘zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko‘ra “Tarlon” yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobillardan aslo qolishmaydi.

Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yilda o‘qotar qurollar uchun yangi turdagi patronlar ishlab chiqarish boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Rossiyaning “Tigr” zirhli avtomobillarini xarid qildi

Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar