Germaniya Transfermarkt portali terma jamoalarning oktabr oyidagi yig‘iniga jalb etilgan futbolchilari asosida eng qimmat terma jamoalar reytingini e’lon qildi.

Foto: O‘FA

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibining narxi 28,4 million yevroga baholangan. O‘zbekiston bu borada dunyo terma jamoalari ro‘yxatida 72-o‘rinda bormoqda. Osiyo esa eng qimmat 4-jamoa bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston terma jamoasi faqat Yaponiya, Eron va Avstraliyadan ortda qolgan.

Eng qimmat tarkibga ega Osiyo (OFK) terma jamoalari top-10 ligi:

  1. Yaponiya — 107,55 million yevro
  2. Eron — 50,6 mln yevro
  3. Avstraliya — 42 mln yevro
  4. O‘zbekiston — 28,4 mln yevro
  5. Xitoy — 18,43 mln yevro
  6. Janubiy Koreya — 17,9 mln yevro
  7. BAA — 16,1 mln yevro
  8. Qatar — 15,68 mln yevro
  9. Saudiya Arabistoni — 14,5 mln yevro
  10. Suriya — 11,93 mln yevro

Ta’kidlash joiz, mazkur reyting terma jamoalarning oktabr oyidagi yig‘inga jalb etgan futbolchilari narxi asosida tuzilgan. Masalan, Janubiy Koreya terma jamoasi Yevropada to‘p suradigan bir qator yetakchilari, xususan, Son Hyon Minni yig‘inga chaqirmagan.

Mavzuga doir: Angliya birinchi, Braziliya top-3 da ham yo‘q. Eng qimmat futbol terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!