“Inter” Italiya A Seriyasining qoldirilgan 1-tur o‘yinida “Benevento”ni yirik hisobda taslim etdi (5:2).

Foto: Twitter

Uchrashuvning 29-soniyasida Romelu Lukaku Ashraf Hakimining uzatmasini golga aylantirdi.

Bu Italiya chempionatida mazkur statistika hisoblanishi boshlangan (2004/05-yilgi mavsumdan) davr ichidagi “Inter”ning eng tezkor goli hisoblanadi.

Romelu mazkur bahsda dubl muallifiga aylandi, Hakimi esa asosiy tarkibdagi debyut uchrashuvida golli uzatma amalga oshirish bilan birga, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!