• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Jim bo‘l, bola. Bu prezidentga yarashmaydi”. Donald Tramp va Jo Bayden o’rtasidagi birinchi debat bo‘lib o‘tdi

    AQShda 29-sentabr kuni mamlakat prezidentligiga nomzodlarning birinchi debati bo‘lib o‘tdi. Debat bir yarim soat davom etdi va har birining davomiyligi 15 daqiqa bo‘lgan olti qismdan iborat bo‘ldi. Tadbirga Fox News telekanali jurnalisti Kris Uolles boshlovchilik qildi. Debat boshlanishidan oldin amaldagi prezident Donald Tramp va demokratlar nomzodi Jo Bayden koronavirus pandemiyasi sababli an’anaga qarshi ravishda qo‘l berib ko‘rishmadi, deb yozmoqda Meduza.

    Foto: Reyters

    Foto: Reyters

    Debatning asosiy mavzulari iqtisodiyot, koronavirus va AQShdagi irqchilik bilan bog‘liq noroziliklar bo‘ldi.

    Koronavirus. Bayden AQSh koronavirus bilan kasallanganlar va uning qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda yetakchi ekanligi uchun javobgarlikni Trampga yukladi hamda prezidentda pandemiya vaqtida harakat qilish bo‘yicha aniq reja bo‘lmaganini aytdi. Bunga javoban Trampning aytishicha, agar Bayden prezident bo‘lganida, AQShning 200 ming emas, balki ikki million aholisi kasallikdan o‘lgan bo‘lardi. Tramp infeksiyaga qarshi kurashish uchun chegaralarni o‘z vaqtida yopganiga ishonch bildirdi.

    Iqtisodiyot. Trampning ma’lum qilishicha, u koronavirus paydo bo‘lishidan oldin AQSh tarixidagi eng muvaffaqiyatli iqtisodiyotni qurgan va hozirgi kunda bu iqtisodiyot pandemiyadan keyin tez sur’atlar bilan tiklanmoqda. O‘z navbatida Baydenning aytishicha, inqirozdan faqat u (Tramp) kabi millioner va milliarderlar foyda ko‘rgan, o‘rta qatlamning ishi esa ancha yomon ketmoqda.

    Irqchilik bilan bog‘liq noroziliklar. Bayden Trampni harbiylar yordamida tinch namoyishchilarni bostirganlikda aybladi. Baydenning eslatishicha, prezident ultrao‘nglar va ularga qarshi bo‘lganlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar haqida fikr bildirganda “ikki tomonda ham yaxshi odamlar bor edi”, degan. Baydenning to‘g‘ridan to‘g‘ri taklifiga javoban Tramp oq supremasistlarni qoralashdan bosh tortgan, noroziliklar vaqtidagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikni esa chap radikallarga yuklagan.

    Bahslar davomida raqiblar doimiy ravishda shaxsiyatga o‘tib ketgan. Tramp tez-tez Baydenning gapini bo‘lib qo‘ygan, buning uchun bir necha marta boshlovchi Kris Uollesdan tanbeh eshitgan, Baydenning o‘zi esa Tramp uning gapini bo‘lgan vaqtda to‘g‘ridan to‘g‘ri “Jim bo‘l, bola. Bu prezidentga yarashmaydi”, degan. Debat chog‘ida demokratlar nomzodi amaldagi prezidentni “Putinning laychasi”, yolg‘onchi, kloun va AQSh tarixidagi eng yomon prezident, deb atagan.

    O‘z navbatida, Tramp Baydenning 47 yillik siyosiy karyerasi haqidagi fikrini aytgan. Trampning fikricha, u saylanganidan boshlab 47 oy ichida raqibi 47 yilda qilganidan ko‘ra ko‘proq ish bajargan. Shuningdek, bahslar davomida Tramp raqibining o‘g‘li Xanter Bayden haqida ham bir necha marta eslab o‘tgan va u kokain iste’mol qilgani uchun armiyadan haydalganiga urg‘u bergan, Baydenning o‘zini esa o‘g‘lining tarafini olganlikda ayblagan. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Xanter Baydenni Moskvaning sobiq meri Yuriy Lujkovning rafiqasi Yelena Baturinadan 3,5 million dollar olganlikda ayblagan va bu ehtimoliy korrupsiya ekanligiga ishora qilgan. Bayden esa bu gaplar yolg‘on ekanligini aytgan.

    Ko‘plab tahlilchilarning fikricha, debatda ikkala nomzodning ham chiqishi kuchsiz bo‘ldi. Ba’zi tahlilchilar esa bu debatni “tarixdagi eng yomoni” deb atagan. Nomzodlarga nisbatan umumiy e’tiroz ularning pozitsiyasi oldindan ma’lum ekanligi va tanlashga ikkilanayotgan saylovchilarni o‘ziga jalb qila oladigan yangi fikrlarning mavjud emasligi bo‘lgan. Tahlilchilar Trampni u o‘zining birinchi prezidentlik muddatida erishgan yutuqlarini sanashga e’tibor qaratgani, qayta saylanganidan keyin amerikaliklarning hayotini yaxshilash uchun nima qilmoqchi ekanligi haqida deyarli hech narsa gapirmagani uchun tanqid qilgan.

    Tahlilchilar fikriga ko‘ra, Bayden, bu oldindan ma’lum bo‘lsa ham, Tramp uning gapini doimiy ravishda bo‘lishi mumkinligiga yaxshi tayyorlanmagan. Shuningdek, u hissiyotlarga berilgan holda shaxsiyatga o‘tib ketgan va bu saylovchilarga uncha yoqmagan bo‘lishi mumkin, chunki saylovchilar Baydenda amaldagi hissiyotlarga beriluvchan prezidentga o‘xshash shaxsni ko‘rgan bo‘lishi mumkin. “Bugungi g‘olib? Sizning boshqaruv pultingizdagi ‘ovozni o‘chirish’ tugmasi”, — deya debatni tavsiflagan CNN telekanalining siyosiy tahlilchisi Sara Isgur.

    Bunday natija hozirgi paytda Bayden uchun nisbatan ma’qul. So‘rovlarga ko‘ra, u prezidentlik poygasida yetakchilik qilmoqda. Shuning uchun Bayden emas, balki Tramp o‘z tomoniga yangi saylovchilarni jalb qilish uchun kuchli yurishlar haqida o‘ylashi kerak. CNN tomonidan debat tomoshabinlari o‘rtasida o‘tkazilgan tezkor so‘rov natijalariga ko‘ra, tomoshabinlarning 60 foizi Baydenni g‘olib deb hisoblagan, Tramp uchun 28 foiz ovoz berilgan.

    Saylovga qadar yana ikkita debat bo‘lib o‘tadi. Tramp va Baydenning ikkinchi uchrashuvi 15-oktabrda Mayamida, uchinchisi esa 22-oktabrda Neshvillda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, vitse-prezidentlikka nomzodlar ham bitta debat o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligi saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

    Mavzuga doir: 

    • Tramp saylovlarda yutqazsa, hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirmasligini aytdi
    • Tramp: “Prezidentlik saylovida Bayden g‘alaba qozonsa, AQShda inqilob bo‘ladi”

    30.09.2020, 19:12   Izoh (0)   34734
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Disney koronavirus pandemiyasi sababli 28 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

    30.09.2020, 16:58

    Ozarbayjon Qorabog‘da Armanistonning ikki mingdan ortiq askarlari o‘ldirilgani va yaralanganini ma’lum qildi. Yerevan bu Bokuning bir kunlik yo‘qotishlari deb javo...

    30.09.2020, 16:13

    Tog‘li Qorabog‘da nima bo‘lyapti? Ozarbayjon prezidenti va Armaniston bosh vaziri Rossiya telekanali efirida shu haqda sirtdan bahslashdi

    30.09.2020, 15:10

    Dunyoda OIVdan tuzalgan birinchi bemor oqqon kasalligidan vafot etdi

    30.09.2020, 14:28

    Tramp qancha miqdorda daromad solig‘i to‘laganini ma’lum qildi

    30.09.2020, 13:12

    Estoniyada COVID-19 bemorlari uchun karantin talablari 2020-yilning oxirigacha uzaytirildi

    30.09.2020, 10:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.