• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tog‘li Qorabog‘da yana jang. Ozarbayjon bir necha qishloq bosib olinganini ma’lum qildi, Armaniston esa harbiy holat va umummilliy safarbarlik e’lon qildi

    Tog‘li Qorabog‘da 27-sentabr kuni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida harbiy nizo qaytadan boshlandi. Nizoni kim keltirib chiqargani hozircha aniq emas. Har ikki tomon ham bir-birini ig‘vogarona xatti-harakatlar va vaziyatni keskinlashtirishda ayblamoqda, deb yozmoqda Meduza.

    Armanistonda umummilliy safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng Ozarbayjonga qarshi urush uchun Yerevan ko‘chalarida to‘plana boshlagan ko‘ngillilar, 2020-yil 27-sentabr.

    Armanistonda umummilliy safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng Ozarbayjonga qarshi urush uchun Yerevan ko‘chalarida to‘plana boshlagan ko‘ngillilar, 2020-yil 27-sentabr.
    Foto: Meduza

    Yakshanba kuni tongda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi vakillari poytaxt Stepanakert va boshqa aholi punktlari Ozarbayjon tarafdan “Grad” yalpi o‘t ochish tizimi orqali ommaviy tarzda o‘qqa tutilgani haqida bayonot berdi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ tomon yurish boshlaganini ma’lum qildi.

    O‘z navbatida Ozarbayjon Mudofaa vazirligi frontbo‘yi hududida joylashgan qishloqlar va Ozarbayjon armiyasi marralarini o‘qqa tutish orqali Armaniston qurolli kuchlari “keng miqyosli provokatsiyani amalga oshirgani”ni bildirdi. Shu munosabat bilan rasmiy Boku qarshi hujum operatsiyalarini o‘tkazish haqida qaror qabul qilgan. Jangovar harakatlarga raketa-artilleriya qo‘shinlari va aviatsiya qo‘llovidagi tank bo‘linmalari jalb etilgan.

    Armaniston Qorabog‘dagi vaziyat keskinlashuvi ortidan butun mamlakatda harbiy holat va umummilliy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti Araik Arutyunyan ham xuddi shunday choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Ozarbayjon esa umummilliy safarbarlikka hojat yo‘qligi, mamlakat armiyasi to‘liq shay holatda ekanini bildirdi. Shunga qaramay, mamlakat parlamenti bir qator shahar va tumanlarda harbiy holat joriy etish haqida qaror chiqargan.

    Xarita: Al Jazeera

    Ozarbayjon tomoni Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar davomida arman harbiylarining mudofaa chizig‘ini yorib o‘tib, yettita qishloq ustidan nazorat o‘rnatganini e’lon qildi. Armaniston Mudofaa vazirligi ushbu ma’lumotlarni axborot provokatsiyasi deb atadi. Rasmiy Stepanakert chegaradagi vaziyat nazorat ostida ekani, mudofaa chizig‘i yorib o‘tilgani haqidagi bayonotlar esa yolg‘on ekanini ta’kidlamoqda. Rasmiy Yerevan ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar davomida Ozarbayjon to‘rtta vertolyot, 15 ta dron, 10 ta tank va piyodalarning jangovar mashinasi (BMP) yo‘qotgan. Boku bu ma’lumotlarni tasdiqlamayapti.

    Qorabog‘dagi Ozarbayjon harbiy texnikasining o‘qqa tutilishi (video Armaniston Mudofaa vazirligi tomonidan tarqatilgan):

    https://twitter.com/ArmeniaMODTeam/status/1310128643822280704

    Qorabog‘dagi Armaniston harbiy texnikasining o‘qqa tutilishi (video Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan tarqatilgan):

    Har ikkala tomon ham o‘qqa tutishlar va harbiy harakatlar oqibatida qurbonlar va yaralanganlar borligini ma’lum qildi, ularning soni aniqlanmoqda. Armaniston Mudofaa vazirligining qayd etishicha, chegaradagi aholi punktlaridan tashqari, Armaniston shimoli-sharqidagi Vardenis shahri ham o‘qqa tutilgan. Tog‘li Qorabog‘ vakillarining ma’lum qilishicha, yakshanba kuni kamida 10 harbiy xizmatchi va ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana o‘nlab odamlar yaralangan. Boku esa armanlarning o‘qqa tutishlari oqibatida 14 kishi yaralanganini bildirdi.

    Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida Qorabog‘dagi operatsiya davomida “dushmanning jonli kuchi va harbiy texnikasiga katta zarar yetkazilgani”ni aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Armanistonning harbiy provokatsiyasi oldindan rejalashtirilgan va Yerevan bunga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rgan. Aliyev qarshi hujum operatsiyasi “Ozarbayjon yerlari okkupatsiyasiga, va nihoyat, barham berishi”ga ishonch bildirdi.

    Ko‘plab xorijiy mamlakatlarning vakillari Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlarni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqish qilishga ulgurdi. Xususan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 27-sentabrning o‘zida armanistonlik va ozarbayjonlik hamkasblari bilan telefon orqali bog‘lanib, nizolashuvchi tomonlarni “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va vaziyatni barqarorlashtirish uchun muzokaralar stoliga o‘tirish”ga chaqirgan; NATO va Eron ham shunday chaqiriq bilan chiqqan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Tog‘li Qorabog‘ nizosida Ozarbayjon tarafda bo‘lishga va’da berdi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan esa xalqaro hamjamiyatdan Turkiyaning ushbu nizoga aralashuvining oldini olishga chaqirdi.

    Ozarbayjon va Armaniston chegarasidagi odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan bundan avvalgi jiddiy otishmalar iyul oyida yuz bergan edi. Shundan so‘ng ozarbayjonliklar va armanlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ushbu ikki mamlakatdan tashqarida, xususan, Moskvada qayd etilgan edi.

    27.09.2020, 19:13   Izoh (0)   164136
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tog‘li Qorabog‘da yana qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Tan olinmagan respublikada harbiy holat e’lon qilindi

    27.09.2020, 18:20

    Moskvada COVID-19 sabab uylarni isitish mavsumi muddatidan avvalroq boshlanishi e’lon qilindi

    27.09.2020, 17:48

    Floridada barcha karantin cheklovlari bekor qilindi

    27.09.2020, 12:24

    Olimlar koronavirus pandemiyasi “aybdorlari”ni ma’lum qildi

    27.09.2020, 11:23

    “Xuddi kompyuter o‘yini kabi” – Ukrainadagi An-26 halokatidan omon qolgan yagona odam voqea haqida gapirib berdi

    27.09.2020, 10:21

    Germaniyada koronavirusni aniqlovchi dunyodagi eng tezkor test tizimi yaratildi

    27.09.2020, 06:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.