25-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Nasafiy Shahzoda Muhammedovaning qizi Milana uchun maxsus konsert tashkillashtirdi.

Turk kinosining yulduzli juftligi Kadir Dog‘ulu va Neslihan Atagul yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Javohir Zokirov rafiqasi birinchi va so‘nggi muhabbati ekanligini yozib qoldirdi.

Turkiyalik sozanda Gulsanam Mamazoitovaning “Shirin orzular” qo‘shig‘i musiqasini o‘zgacha talqinda ijro etdi.

Nargiza Salmonova yangi surat bilan muxlislarini xushnud etdi.

“Bravo” kulgi jamoasi vakili Isroil Bulanov uylandi.

Jennifer Lopes va Malumadan yangi xit taronaga ishlangan klip taqdim etildi.

Feruza Normatova Istanbulning go‘zal manzarasi aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.

25-sentabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan yosh xonanda Lobar Umarova 24-sentabr kuni turmushga chiqdi. U to‘yida sevimli xonandasi Ozoda Nursaidova bilan birga qo‘shiq kuyladi.