Samarqand shahrida ikki Nexia rusumli avtomobillar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar beradi YHXBB.

Kadr: Telegram / YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 6-sentabr kuni Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37A yo‘lining 36-kilometrida 22 yoshli yigit otasiga tegishli bo‘lgan Nexia avtomashinasi bilan “Kaftarcha” mahallasi tomon harakatlanayotgan vaqtida ushbu yo‘ldan qarama-qarshi tomonga qayrilib olayotgan 31 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinaning chap tomoniga kelib, old qismi bilan urilgan.

Sodir bo‘lgan YTH natijasida qayrilayotgan Nexia avtomashinasining salonida bo‘lgan 48 va 21 yoshli yo‘lovchi hamda har ikkala haydovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Kadr: Telegram / YHXBB

Ko‘rsatilgan tibbiy yordam muolajalariga qaramasdan, og‘ir tan jarohati olgan 48 yoshli yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.