Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma’lum bo‘lishicha, 17-sentabr kuni taxminan soat 02:00 da 31 yoshli Farrux T. Lacetti'ni mast holda Sergeli tumani Chinor ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borgan. Chinor va Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari kesishmasi yaqinida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi do‘konga to‘qnashib, so‘ng chetda turgan ikki nafar piyoda — 24 yoshli Muhammad T. va 22 yoshli Alfiya B.ni urib yuborib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 32 yoshli Kamola N. boshqaruvidagi Spark’ga to‘qnashgan. Haydovchining ko‘rsatmalariga ko‘ra, avtomobil tezlikni oshirib harakatlangan.

Tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib kelishi bilan guvohlar haydovchi YTH joyini tark etishga harakat qilganini, ammo ular tomonidan qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.

Lacetti urib yuborgan ikkala piyoda ham shifoxonaga yetkazilgan. YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda, bir qator ekspertizalar belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda