Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining ikkita guruhida 15-sentabr, seshanba kuni 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

C guruhida harakat qilayotgan “Sharja” jamoasi “Ad-Duhayl” bilan bahs yuritdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Almoiz Ali qatarliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Ramin Rizoyan jamoasining ikkinchi golini urdi. Bunga BAA klubi 59-daqiqada Igor Koronadoning goli bilan javob qaytardi.

Mazkur bahsda amirliklar safiga to‘p tepuvchi o‘zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurov to‘liq harakat qildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Persepolis” va “At-Tovun” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Shoja Xalilzoda tomonidan 83-daqiqada urilgan gol forslarga g‘alaba keltirdi.

3-turdan so‘ng C guruhidagi holat quyidagicha ko‘rinish oldi:

Foto: OFK

D guruhi peshqadamlaridan biri “As-Sadd” BAAning “Al-Ayn” jamoasi bilan bahs yuritdi. Uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Guruhining ikkinchi o‘yinida “An-Nassr” Abdurazzoq Hamdullohning ikkita goli evaziga “Sepahon”dan ustun keldi.

3-turdan so‘ng D guruhidagi holat quyidagicha ko‘rinish oldi:

Foto: OFK

OChL

3-tur bahslari

15-sentabr, seshanba

“Ad-Duhayl” Qatar — “Sharja” BAA 2:1

Gollar: 1:0 – 42 Almoiz Ali, 2:0 – 52 Rizoyan, 2:1 – 59, penalti Koronado.

“Persepolis” Eron — “At-Tovun” Saudiya Arabistoni 1:0

Gol: 1:0 – 83 Xalilzoda.

“Al-Ayn” BAA — “As-Sadd” Qatar 3:3

Gollar: 1:0 – 5 Laba, 1:1 – 35 Afif, 2:1 – 39 Islomxon, 2:2 – 55 Kasorla, 2:3 – 61 Bunedja, 3:3 – 67, avtogol Xuxi.

“Sepahon” Eron — “An-Nassr” Saudiya Arabistoni 0:2

Gollar: 0:1 – 29 Hamdulloh, 0:2 – 48 Hamdulloh.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!