16-sentabr kuni — Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, O‘zbekiston velosipedchilar uyushmasi hamkorligida Yevropa Harakatlanish Haftasi-2020 kampaniyasini Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi homiyligida boshlanadi. Axborot ko‘magi Ichkhi ishlar vazirligi, Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan ko‘rsatilgan.

Kampaniya 16—22-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi va tez rivojlanayotgan shaharlarda tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanish, ya‘ni velosipedda sayohat qilish haqida xabardorlikni oshirishga va bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida ma‘lumot berishga qaratilgan.

Toshkentda velosipedchilar jamoatchiligini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa Harakatlanish Haftasi #ToshkentVeloUchun shiori ostida velosipedda harakatlanishning afzalliklari va qoidalarini tushuntirish uchun raqamli va ommaviy axborot vositalari, shuningdek ijtimoiy tarmoqdagi animatsion postlar ishlatiladi. Bundan tashqari, bolalar uchun yo‘l harakati xavfsizligini o‘rgatadigan #Yo‘lHarakatiXavfsizligi tashabbusi ijtimoiy tarmoqlarda shahar xavfsizligi bo‘yicha eng muhim masalalarga bag‘ishlangan bir qator video-filmlarni namoyish etadi. 2020-yilgi Kampaniyaning asosiy maqsadi – ushbu masalada axborotga ega bo‘lish va bilimlarni oshirish shaharda tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanishga o‘tish va yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlashning kalitidir.

“Biz elektr velosipedlar, elektr skuterlar kabi shaxsiy harakatlanish vositalari shaharlarda, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi sharoitida eng tez rivojlanayotgan transport turlariga aylanib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bizning asosiy maqsadimiz - mavjud infratuzilmani takomillashtirish va piyodalar va velosiped yo‘llarini qurish, barcha yo‘l harakati qatnashchilari, shu jumladan bolalar xavfsizligini ta‘minlash orqali ushbu rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdir”, — deb, ta’kidlaydi O‘zbekiston transport vazirligining Toshkent transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev.

“Shahrimizda velosipedda harakatlanish madaniyati va tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanishning boshqa turlari tobora o‘sib borayotgani Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlikni rivojlantirish vektorining ajralmas qismidir. Shuningdek, bu Toshkent shahri rioya qiladigan innovatsion kontseptsiyasining ajralmas qismidir. Ushbu strategik qarashga muvofiq, biz 2023-yilga qadar Toshkent shahridagi velosiped va piyodalar yurish yo‘llarini sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Shahar aholisi va mehmonlarining yashash tarzini yaxshilash - asosiy ustuvor vazifamizdir. Shuning uchun biz Yevropa Harakatlanish Haftasiga qo‘shilamiz va #ToshkentVeloUchun’ni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi Durdona Rahimova, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari.

“So‘nggi bir oy ichida a‘zolarning keskin o‘sishi va ijtimoiy tarmoqlarimizdagi faollik kuchayganligi velosipedchilar jamoasining tez sur‘atlar bilan o‘sib borayotganligining yana bir ko‘rsatkichidir. Shuningdek, bu axborot va kommunikatsiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortishi haqida gapiradi. Biz O‘zbekistonda xavfsiz va barqaror velosiped madaniyatini targ‘ib qiluvchi asosiy fuqarolik jamiyati tashkiloti sifatida hukumat va mahalliy hokimiyat bilan doimiy muloqotni davom ettirmoqdamiz. Biz nafaqat velosiped ixlosmandlarini, balki Toshkentning chinakam velosipedchilar uchun qulay shahar bo‘lishiga ishonadigan Toshkent shahrining faol tarafdorlarini ham birlashtiramiz. Barchani Yevropa Harakatlanish Haftasi davomida velo-xaritani yaratishda ishtirok etish va #TashkentVeloUchun’ni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilaman”,  — deydi Iskandar Ahmedov, O‘zbekiston velosipedchilari uyushmasi ma‘muri.

“Jismoniy shaxslar va jamoalar uchun sog‘liq uchun foydasi va hayot sifati, atrof-muhitga ijobiy ta‘sirlari, ijtimoiy barqarorlik va shahar transport yo‘l harakatining pasayishi Yevropaning yirik shaharlarida velosipedning tobora ommalashib borishiga turtki bo‘lgan omillardan biridir. Bu yilgi O‘zbekistondagi Yevropa Harakatlanish Haftasi - velosiped uchun qulay, xavfsiz va barqaror shahar muhiti to‘g‘risida umumiy tasavvur yaratish uchun hukumat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlik, birgalikdagi sa‘y-harakatlar va fikr almashishning ajoyib namunasidir. Yangi boshlanayotgan velosipedchilar va piyodalar, xususan bolalar uchun xavfsizlik va qoidalar to‘g‘risida ma‘lumot va xabardorlik ushbu jarayonning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Biz Yevropaning eng yaxshi tajribasini baham ko‘rish orqali yordam berishga tayyormiz”, — dedi Yussi Narvi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili.

Yevropa Harakatlanish Haftasi kampaniyasi doirasida Toshkent aholisi #ToshkentVeloUchun tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga, har kungi velosiped marshrutida kamida bitta ko‘chani sinovdan o‘tkazishga va shu bilan Toshkentning velo-xaritasini yaratishga yordam berishga va sovrinlar o‘yinida qatnashishga taklif qilinadi. Ishtirokchilar velosipedni suratga olishlari, uni Facebook’dagi Yevropa Harakatlanish Haftasi sahifasida joylashtirishlari va ko‘chaning nomini qayd etishlari kerak. Shunday qilib, ishtirokchi avtomatik ravishda 23 sentabr kuni sovrinlar yutuqlariga kiritiladi va uchta shahar velosipedlaridan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma‘lumot uchun jamoatchilik Facebook’dagi O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Yevropa Harakatlanish Haftasi sahifasiga (@EuropeanMobilityWeekUz) obuna bo‘lishga taklif qilinadi. Facebook’dagi Yevropa Harakatlanish Haftasi aksiyasining surati uchun bu yerni bosing (va #YevropaHarakatlanishHaftasi’ni tanlang).

Qo‘shimcha ma‘lumot:

Yevropa Harakatlanish Haftasi (qisqacha YHH) 2002-yildan buyon Yevropa Komissiyasining barqaror shahar mobilligi bo‘yicha tashabbusidir. U shahar va qishloqlarni bir haftani harakatlanish aktsiyalariga bag‘ishlashga undaydi. 2019-yilda YHHda dunyoning 3000 dan ortiq shaharlari qatnashdi. Yevropa Harakatlanish Haftasi haqida qo‘shimcha ma‘lumotni saytidan olishingiz mumkin.

O‘zbekistondagi birinchi Yevropa Harakatlanish Haftasi 2019-yilda bo‘lib o‘tgan va Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston transport vazirligi tomonidan, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan. 2019-yil kampaniyasi shaharlarda sayohat qilishning xavfsiz va barqaror usullari sifatida metroda sayohat va piyoda yurishga qaratilgan. O‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan ba‘zi tadbirlardan 19-sentabr – “Bepul metro kuni” va 22-sentabrda bo‘ib o‘tgan Lutfiy ko‘chasidagi “Avtomobilsiz bir kun” ko‘cha festivalidir.

2020-yilgi Yevropa Harakatlanish Haftasining asosiy shiori “Barchaga shaharlarda tashqi muhitga zararsiz holda harakatlanish”. Shahar hududlarida turli xil iqlim, geografik va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga qaramay, ekologik neytral va inklyuziv shahar muhitini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rish mumkin. Shunday qilib, 2020-yilgi Yevropa Harakatlanish haftasi odamlar va mahalliy hokimiyatni uzoq muddatli maqsadga – ya’ni uglerodga neytral qit’aga ega bo‘lish uchun choralar ko‘rishga undaydi.

Reklama huquqi asosida.