Sentabr oyining ikkinchi haftasida dunyoning turli burchaklarida olingan eng sara suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Amerikaning Kanzas shtatida kungaboqarlar gullashi.

Foto: AP Photo

Moskvada Cosmoscow xalqaro zamonaviy san’at yarmarkasi ochildi.

Foto: EPA

Indoneziyaning Jakarta shahrida 14-sentabrdan karantin choralari kuchaytirilar ekan.

Foto: EPA

Barselonada Kataloniya kuni nishonlanmoqda.

Foto: EPA

Livanning Bayrut shahrida o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni jilovlashdi.

Foto: EPA

AQShning Kaliforniya shtatidagi yong‘inlar sabab osmon to‘q sariq rangga kirdi.

Foto: Reuters

Filippinning Keson Siti hududi osmoni uzra bulutlar.

Foto: Reuters

Rossiyaning Qozon shahridan kelgan Sergey Agajanyan samolyot tortish bo‘yicha Rossiya va Jahon rekordini qo‘ydi. U 1,5 daqiqada 15 tonnadan ortiq samolyotni 35,4 metrga tortib bordi.

Foto: “TASS”

Bayrut shahridagi yong‘in avgust oyida bir nechta portlashlarni boshidan o‘tkazgan bandargoh hududi tarafda kelib chiqdi.

Foto: EPA

Sotheby’s 102 karatli brilliantni auksionga qo‘yadi. Qimmatbaho tosh Gonkongda savdoga chiqishi kutilmoqda.

Foto: Reuters

Shri-Lankaning Kolombo shahrida suv toshgan yo‘lda kichik qayiqda suzib yurgan ayol.

Foto: EPA

Ispaniyaning Madrid shahridagi modalar haftaligida Andres Sardaning kolleksiyasi namoyish etildi.

Foto: AP Photo

Ummon ko‘rfazidagi mashg‘ulotlar vaqtida Eron armiyasi desantchilari mashq qilmoqda.

Foto: Reuters

Ispaniyaning Madrid shahridagi “Fura dels Baus” teatr truppasi.

Foto: EPA

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida suratga olingan ninachi.

Foto: EPA

Syorfingchi AQShning Florida shtatidagi Mayami-Bich plyajida.

Foto: EPA

Chexiyaning Ostrav hududidagi Golden Spike turniri.

Foto: AP Photo

Chexiyaning Ostrav hududidagi Liberty metallurgiya zavodi.

Foto: EPA

Londondagi Extinction Rebellion aksiyasi.

Foto: Reuters

G‘azo shahridagi falastinlik parkurchi.

Foto: Reuters