Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati 11-sentabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklanganini ma’lum qildi.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Transport vazirligi Qozog‘iston aviatsiya ma’muriyati bilan xalqaro muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlarini tiklash bo‘yicha olib borgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalariga sentabr oyidan boshlab paritet tamoyili asosida Toshkent—Olmaota—Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni bajarishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar haftaning juma kunlari amalga oshiriladi. Bugundan e’tiboran Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalari ushbu yo‘nalishda parvozlarni bajarishni boshlagan.

Air Astana aviakompaniyasining Olmaota—Toshkent —Olmaota yo‘nalishida parvozni amalga oshirigan samolyot 11-sentabr kuni soat 12:40 da Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

Vazirlik ushbu yo‘nalish bo‘yicha uchish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar batafsil ma’lumotlarni aviakompaniyalarning rasmiy veb-saytlaridan olish mumkinligini bildirgan.

Avvalroq Uzbekistan Airways 4-sentabrdan Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Turkiya bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklagani haqida xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi